Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishon taʼsis etildi
Hukumat qarori “Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Qarorga koʻra, mazkur koʻkrak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet”) tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1-aprelga qadar “Oʻzgidromet”ga taqdim etadi (nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya hujjatlarni oʻrganib, har yili 20-aprelga qadar munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi.
Koʻkrak nishoni har yili 7-may – “Oʻzgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring