Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishon taʼsis etiladi
“Oʻzbekiston Respublkasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021–2023-yillarda Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga koʻra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
➖ kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni ragʻbatlantirish va kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog koʻkrak nishonlarini joriy etish;
➖ bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi boʻyicha tahlil ishlarini olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish;
➖ fuqarolar va it boquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Markaz tomonidan veterinariya va davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring