Oʻzbekistonda uchinchi kriptobirja litsenziyalandi
15-aprel kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Asterium” kompaniyasiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya berdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, ILMA rahbarining 14-apreldagi buyrugʻi asosida “Asterium” kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan uchinchi kriptobirja sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Tegishli maʼlumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan.
Kompaniya mart oyida kriptodoʻkon sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy litsenziya olgan edi. “Asterium” 2025-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan.
Taʼkidlash joiz, bunga qadar Oʻzbekistonda faqat ikkita kriptobirja faoliyat yuritib kelgan. Bular “Kobea Group” va “Coinpay”dir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring