Oʻzbekistonda “tez yordam”ning bitta chaqirigʻiga oʻrtacha necha pul sarflanishi maʼlum qilindi
Soʻnggi toʻrt yilda mamlakatimizda “tez tibbiy yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 10 barobardan ziyodga oshib, 2021-yilning birinchi choragida oʻrtacha 6 ming 500 soʻmni tashkil qilmoqda deya xabar berdi SSV.
Qayd etilishicha, sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida 2021-yilning birinchi choragiga kelib, tez tibbiy yordam tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ oʻrtacha 6 ming 500 soʻmni tashkil qilmoqda. Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, bu raqam 2016-yilda 500 soʻmdan iborat edi, xolos.
Shuningdek, mamlakatimizda 2016-yilda atigi 800 ta “tez yordam” shoxobchalari mavjud boʻlgan boʻlsa, bugunga kelib, ularning soni 1 ming 666 taga yetkazildi.
Bundan tashqari, 2021-yil birinchi choragida “tez yordam” brigadalari jami 2 ming 685 taga yetdi. Vaholanki, bu raqam 2016-yilda 1 ming 648 tani tashkil qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring