Oʻzbekistonda tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish hamda ularning taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Mazkur nizomga koʻra, xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotini reyestrga kiritish Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligida tashkil etiladigan Akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish komissiyasining qaroriga binoan bepul amalga oshirilishi belgilangan.
Reyestrga kiritishning asosiy shartlari etib quyidagilar tasdiqlangan:
- TOP-300 talik roʻyxatidagi kamida 5 ta oliy taʼlim tashkilotining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazgan boʻlishi;
- umumiy ekspertlarining kamida 30 foizi xorijiy ekspert boʻlishi (xalqaro va xorijiy akkreditatsiya tashkilotlari uchun);
- akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi uchun vakolatga ega boʻlishi;
- oʻzining veb-saytida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazgan taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarning mavjudligi va boshqalar.
Shuningdek, agentlik reyestrga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlarining faoliyatini har 3-yilda bir marotaba monitoringdan oʻtkazishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring