Oʻzbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarima qoʻllagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi taklif qilindi
Oʻzbekistonda tadbirkorlarga asossiz tarzda jarima solgan mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish taklif etildi. Mazkur qonun loyihasi Biznes-ombudsman tashabbusi bilan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.
Loyihada taʼkidlanishicha, ayrim davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga asossiz jarimalar qoʻllash holatlari kuzatilmoqda. Bu holatlar tadbirkorlarning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmoqda. Hatto sud organlari jarimalarni asossiz deb topsa ham, javobgar mansabdor shaxsning jazodan chetda qolishi amalda jazosizlikka olib kelmoqda, deyiladi hujjatda.
Shu sababli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni yangi — 241¹¹-modda (“Tadbirkorlik subyektlariga asossiz jarima qoʻllash”) bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.
Unga koʻra, agar nazorat, huquqni muhofaza qilish yoki boshqa davlat organi hamda tashkilot mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyektiga asossiz moliyaviy jarima qoʻllasa va bu holat sud tomonidan noqonuniy deb topilsa, u holda mansabdor shaxsning oʻziga 20 dan 40 BHM gacha (8,24 mln — 16,48 mln soʻm) miqdorida jarima solinadi.
Qonun loyihasida taʼkidlanishicha, bu norma tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun barqaror va shaffof huquqiy muhit yaratish, shuningdek davlat organlari faoliyatining ochiqligi va javobgarligini taʼminlash orqali jamiyat ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring