Oʻzbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn roʻyxatga olish oʻtkaziladi

23:57 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
1297 0

2023-yilda oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2021-yil 1-25-noyabr kunlari :

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

Davlat statistika qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston aholisini keng koʻlamli roʻyxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5-noyabr kunlari Internet tarmogʻi orqali aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali Oʻzbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?