Oʻzbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi
Foto: SSV
Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida oʻzbek shifokorlari siam egizaklarini shoshilinch ravishda noyob operatsiya orqali ajratib oldi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Maʼlum qilinishicha, homiladorlikning 33-34-haftasida “kesarcha kesish” yoʻli bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tugʻruqdan 9 soat oʻtib, shoshilinch ravishda, ustiga-ustak, mahalliy sharoitda oʻta murakkab amaliyot orqali ajratib olingan.
Besh soat davom etgan yuqori texnologik operatsiya Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar tomonidan bajarilgan.
Bugun, 8-oktyabr kuni Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ushbu chaqaloqlar holidan xabar olgan.
“Bunday oʻta murakkab amaliyotlar hamma davlatlarda ham amalga oshirilavermaydi. Hatto, tibbiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda ham uzoq muddatli tahlillar va katta tayyorgarlikdan soʻng bajariladi. Chunki bu — oʻta noyob operatsiya. Mana shunday muddatidan avval tugʻilgan siam egizaklarining shoshilinch ravishda hamda viloyat darajasida muvaffaqiyatli ajratib olinishi mamlakatimiz tibbiyoti yangi bosqichga koʻtarilganining yorqin dalilidir”, deydi vazir.
Qayd etilishicha, siam egizaklarini ajratib olish operatsiyasida ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar vazir SSV rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Salomatligi yaxshilangan jajji bemorlar va ularning onasiga bugun shifoxonadan uyiga javob berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring