Oʻzbekistonda shakar taqchilligi boʻlmaydi — mutaxassislar fikri

05:30 09 Iyun 2022 Iqtisodiyot
839 0

Foto: Illustrativ foto

Oxirgi kunlarda mamlakatimizning ayrim bozorlarida shakar uchun katta navbatlar kuzatilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, vahimaga asos yoʻq — Oʻzbekistonda shakar taqchilligi boʻlmaydi.

Ajiotajni kamaytirish maqsadida iyun oyida bir oy oldingiga nisbatan 50 foizga koʻproq – kuniga 3 ming tonna shakar birja savdolariga qoʻyiladi.

Bu yil shakar ishlab chiqarish hajmi 720 ming tonnani tashkil etadi, bu oʻtgan yilga nisbatan 22 foizga koʻpdir. Shu bilan birga, shakar va uning xomashyosini import qilish hajmi oʻtgan yilgi 643 ming tonnadan 900 ming tonnaga oshadi.

Natijada joriy yil oxirida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tayyor shakar qoldigʻi 118 ming tonnadan oshishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер