O‘zbekistonda sertifikati bor oilaviy shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi
Arxiv foto
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Yana bir yangi tashabbus. Endi, oilaviy shifokorlarni kafolatlangan tibbiy xizmatlar bo‘yicha qayta tayyorlab, ularga malaka sertifikati beramiz. Sertifikati bor shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi.
Xuddi shu tartibni tibbiyotning haqiqiy fidoyilari bo‘lgan hamshiralarimizga ham joriy qilamiz.
Tibbiyot xodimlariga ko‘p yillar ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, oshiriladi.
Tez tibbiy yordam avtomobil parki kelgusi yetti yilda to‘liq yangilanadi va ularning 50 foizi elektromobillar bilan to‘ldiriladi. Bu orqali, yonilg‘ining o‘zidan yiliga 200 milliard so‘m tejaladi va ushbu mablag‘lar tez tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantirishga sarflanadi”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring