Oʻzbekistonda quyosh energiyasi orqali elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqildi.
Taʼkidlash kerakki, har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring