Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.
Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotgan qizlarning umumiy nikohlanuvchilar boʻyicha ulushi 35,3 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, 41 yosh va undan katta ayollarning nikohdan oʻtish holatlari umumiy nikohlanuvchilar sonining 2,9 foiziga toʻgʻri kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring