Oʻzbekistonda oʻtadigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanishga ruxsat berildi
Oʻzbekiston maydonlarida 2021-yilgi mavsum uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda FIFA mutaxassislarining oʻzaro muzokaralari ijobiy yakun topdi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Tizimdan foydalanish boʻyicha FIFA VAR platformasiga zarur meʼyoriy hujjatlar oʻz vaqtida yuklandi. Shuningdek, video yordamchi hakamlar brigadasining 2020-yilgi futbol oʻyinlarida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.
Shu sababli, FIFA 2021-yilgi mavsum davomida OʻFA hamda OʻzPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qoʻllashga ruxsat berdi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring