Oʻzbekistonda “No-Till” texnologiyasi va resurs tejamkor dehqonchilik usullarining amaliyotga tatbiq qilinmoqda

10:37 28 Aprel 2025 Iqtisodiyot
97 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” (FOLUR) loyihasi doirasida hududlardagi fermer va dehqon xoʻjaliklariga, ushbu sohani yetakchi olimlari va mutaxassislarni jalb qilgan holda “Dala kuni” tashkil etilmoqda.

Ana shunday navbatdagi tadbir Qamashi tumanida uyushtirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu tadbirda 100 dan ortiq fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, hamkor vazirliklarning viloyat va tuman hududiy boshqarmalaridan masʼul rahbarlar, tuman hokimliklaridan vakillar, qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari va boshqa qiziqish bildirgan yer egalari ishtirok etdi.

“Dala kuni”ning asosiy maqsadlaridan fermer xoʻjaliklarining kuzgi bugʻdoy yetishtirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, almashlab ekish tizimlarining iqtisodiy jihatlari haqida maʼlumot berish va ishtirokchilar oʻrtasida tajriba almashishni osonlashtirishdan iborat. Qishloq xoʻjaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi tuproq tuzilishini yaxshilash, namlikni saqlash va eroziyani kamaytirishda ulkan yordam beradi, bu esa ayniqsa iqlim oʻzgaruvchanligiga moyil boʻlgan hududlarda bugʻdoy va arpa yetishtirishning barqarorligini oshirish uchun samarali yondashuv boʻlib hisoblanadi. Tadbir davomida fermer xoʻjaliklariga no-till (yerga ishlov bermasdan ekish) texnologiyalari usullari, oʻsimlik qoldiqlarini boshqarish va almashlab ekish tizimining foydali tomonlari koʻrsatildi. Bu usullar nafaqat tuproqning uzoq muddatda unumdorligi oshishini taʼminlaydi, balki xarajatlarni ham kamaytiradi va qurgʻoqchilikka chidamlilikni oshiradi. Bunday usullarni qoʻllash orqali, qatnashchilar tabiiy resurslarni keyingi ekin mavsumi uchun saqlagan holda hosildorlikni oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shuningdek, “Dala kuni”ning maqsadi toʻgʻridan-toʻgʻri ekish texnologiyasining tuproq namligini saqlash, tuproq sogʻligʻini yaxshilash va lalmi dehqonchilik sharoitida hosildorlikni oshirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishdan iborat boʻldi. Qatnashchilar tadbir davomida amaliy tavsiyalar olishdi, dalada toʻgʻridan-toʻgʻri ekish texnologiyasining amaliyotda kuzatishdi va mutaxassislar hamda fermerlar bilim almashishdi. Tadbir davomida toʻgʻridan-toʻgʻri ekish va anʼanaviy yerga ishlov berish usullarining tuproq zichligiga taʼsiri, ildiz rivojlanishi va tuproq tuzilishini vizual kuzatish hamda yomgʻir suvlarini yigʻish va undan samarali foydalanish borasida turli amaliy koʻrgazmalar oʻtkazildi. Qatnashchilar shuningdek, oʻsimlik qoldiqlari saqlanishi, oraliq ekinlarning oʻrni va toʻgʻridan-toʻgʻri ekish usulining qanday qilib uzoq muddatli tuproq sogʻligʻi va ekinlar hosildorligining oshishiga ijobiy taʼsir haqida maʼlumot olishdi. Mutaxassislar yoʻriqnomasi va oʻzaro tajriba almashish orqali, mahalliy fermer xoʻjaliklarida orasida qishloq xoʻjaligida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi amaliyotlarini kengroq joriy etilishini ragʻbatlantiradi.

FOLUR loyihasi doirasida tashkil etilgan “Dala kuni” barqaror qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini targʻib qilish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ilmiy va amaliy imkoniyatlarini oshirish va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan innovatsion yechimlarni joriy etishni ragʻbatlantirish uchun muhim platforma vazifasini oʻtaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер