Oʻzbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari oshirildi
Oʻzbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trillion soʻmga (260 million dollar) oshirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan maʼqullangan “2023-yilgi davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarda soʻz boradi.
Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi, Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va boshqa tashkilotlar xarajatlari 1,91 trillion soʻmga oshgan — 36,06 trillion soʻmdan 37,97 trillion soʻmga (3,07 milliard dollar) oʻsgan.
Mudofaa xarajatlari boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 3,2 trillion soʻmga oshirilgan. Xususan, Bojxona qoʻmitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (“Oʻzdavzaxira”) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga oʻtkazilishi munosabati bilan xarajatlar mos ravishda 944,4 milliard soʻm va 64,5 milliard soʻmga qisqartirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring