Oʻzbekistonda muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashi yigʻilishida muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantirilishi belgilandi.
Bunda har bir harbiy xizmatchi armiyadan qaytganda kasbiy koʻnikmalar va real istiqbollarga ega boʻladi. Shuningdek, “Bir million dasturchi” va “Sunʼiy intellekt sohasida besh million yetakchi” dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar oʻqitiladi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgandan keyin oʻqishi qoʻllab-quvvatlanadi, shu jumladan sertifikat xarajatlari qoplanadi va foizsiz taʼlim kreditlari beriladi.
Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralari kengaytirilmoqda, shu jumladan ularning tadbirkorligi qoʻllab-quvvatlanadi va ishga joylashishda qoʻshimcha imtiyozlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring