Oʻzbekistonda mehmonxonalar soni keskin ortadi
“Toshkent Siti” hududida qad rostlayotgan Hilton mehmonxonasi
“Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi Prezident qarori bilan 2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Unga binoan 2019 yilda umumiy xonalar soni 4664 ta boʻlgan yana 212 ta yangi mehmonxonalar quriladi. Eng koʻp mehmonxonalar Toshkent (41 ta), Samarqand (30 ta) va Buxoroda (29 ta) bunyod etiladi. 2021 yilga qadar bosqichma bosqich ularning soni oshirib boriladi va shu davrga qadar umumiy xonalar soni 30 212 ta boʻlgan yangi 1508 ta mehmonxonaga asos solinadi. Shu tariqa 2021 yilga borib Oʻzbekistonda mehmonxonalar soni 2 394 taga yetadi. Ulardagi xonalar soni esa 50 044 tani tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yakuniga koʻra yurtimizda 886 ta mehmonxona boʻlib, ularda 19 ming 832 ta xonalar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring