Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Innovatsion vaksinalar markazi” tashkil qilinadi
Innovatsion rivojlanish vaziri va “Luye Invetment Group Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2023-2028-yillarda umumiy qiymati 100 mln. dollarga teng boʻlgan “Innovatsion vaksinalar markazi”ni tashkil etishi boʻyicha Memorandum imzolandi.
“Innovatsion vaksinalar markazi” – Markaziy Osiyoda yagona toʻliq siklli biotexnologik ishlab chiqish korxonasi boʻlib, mahalliy va MDH mamlakatlari bozorini yuqori texnologik mahsulotlar bilan taʼminlash imkonini beradi. Loyiha doirasida gepatit A, gepatit B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklar viruslarini davolashda ishlatiladigan umumiy hajmi 2 mlrd. dollarga teng boʻlgan 10 xil vaksinani yiliga 200 million dozada ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Markazni Toshkent viloyatida tashkil qilish taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring