Oʻzbekistonda kuniga oʻrtacha 6 kishi YTH sabab vafot etmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda kuniga oʻrtacha 6 kishi YTHlar oqibatida vafot etmoqda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandlikni kamaytirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.
Ogʻir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar koʻp. Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Qonlikoʻl, Yangiobod, Toʻraqoʻrgʻon, Oqqoʻrgʻon, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulugʻnor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta oʻlim boʻlmadi.
Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdargʻom, Yakkabogʻ, Qoʻshkoʻpir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.
Soha uchun masʼullarga bizda har 100 ming aholiga oʻlim bilan bogʻliq avariyalar soni Hamdoʻstlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi koʻrsatib oʻtildi.
“Afsuski, har toʻrtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga oʻrtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak”, dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring