Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar soni oshdi
arxiv foto
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 nafar, Fargʻona viloyatida 3 nafar, jami 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlarning barchasi ushbu hududdan (6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qoʻngʻirot tumanidan) boʻlib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpogʻistonda 101 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 109 nafarni tashkil etmoqda.
Fargʻonada tuzalganlarning 1 nafari (27 yoshli ayol) ushbu viloyatdan boʻlib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari (23 yoshli ayol va 2019-yilda tugʻilgan chaqaloq) esa Andijon viloyatidan boʻlib, Istambul – Fargʻona yoʻnalishidagi charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 136 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 139 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1881 nafarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring