Oʻzbekistonda kommunal toʻlovlarni undirish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan Fuqarolik protsessual kodeksga koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish boʻyicha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Yaʼni, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinishi lozim:
- koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi;
- koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusxasi — koʻp kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda;
- qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi;
- qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Bundan tashqari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari oʻzlari koʻrsatgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.
Bunda ularning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Qonun 8-noyabrdan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring