Oʻzbekistonda ”Koʻchma kinoteatr”li avtomobillari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Bunday ixtisoslashtirilgan avtomobillar “Turin Invest Engineering” tomonidan ishlab chiqilgan va mamlakatning kinoteatrlar mavjud boʻlmagan olis tumanlarida kino koʻrsatishga moʻljallangan. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.
Koʻchma kinoteatr kinoproyektor, kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk/DVD-proigrivatel va videomateriallarni avtonom ravishda translyatsiya qilish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan.
“Turin Invest Engineering” kompaniyasi Toshkent sh.dagi Turin Politexnika Universiteti qoshida tashkil etilgan va loyihalashdan tortib foydalanishga topshirishgacha muhandislik gʻoyalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Uning tasarrufida universitetga tegishli Mexatronika, Metrologiya laboratoriyalari va Texnopark bor, shuningdek, yuqori texnologik jihoz va stanoklari ham borki, ularning koʻpchiligi mamlakatda yagona sanaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring