Oʻzbekistonda xorijiy avtomobillarni vaqtincha olib kirish uchun yigʻim hisobi oʻzgartirildi

12:52 06 May 2024 Jamiyat
370 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston hukumati chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarni vaqtincha olib kirish uchun yigʻim hisoblash tartibini oʻzgartirdi, deb yozadi Norma.

Bundan buyon bojxona toʻlovlari va soliqlaridan toʻliq ozod qilish muddati tugagandan soʻng, bir kalendar yili ichida 90 kalendar kundan ortiq muddatga xorijiy avtomobillarni vaqtincha olib kirishga ruxsat etiladi. Har bir muddati oʻtgan kun uchun 1 BHM (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Ilgari har bir muddati oʻtgan kun uchun transport vositasining har bir ot kuchiga BHMning 0,7% miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер