Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abduraim Abduvahobov vafot etdi
Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida vafot etdi.
Abduraim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkentdagi teatr va rassomchilik oliygohini tugatgan.
Abduvahobov tomoshabinlar yodida “Shumbola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrad”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “Soʻnggi nafasimgacha”, “Shaytanat”, “Nazira” kabi film va seriallardagi hamda oʻnlab spektakllardagi ajoyib rollari bilan muhrlanib qoladi.
“Xalq soʻzi” tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring