Oʻzbekistonda xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli muhokama qilindi

Bugun, 10-sentyabr kuni “Xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Xalqaro mehnat tashkiloti, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika kasaba uyushmalari markazlari vakillari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiyada Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva tadbir ishtirokchilariga qutlov soʻzi bilan murojaat qildi.
Senat Raisi oʻz nutqida xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalari tutadigan muhim oʻrin, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilish, munosib mehnatni taʼminlash va ijtimoiy muloqotni rivojlantirish yoʻnalishlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shu bilan birga, Senat tashabbusi bilan fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani taʼkidlandi.
Ushbu loyiha doirasida jamoat birlashmalari va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlar hamda bir qator kodekslarga oʻzgarishlar kiritilib, kasaba uyushmalarini tashkil etish uchun talab etiladigan aʼzolar soni kamaytirilishi ularning faoliyatini yanada yengillashtirish va kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, mehnat nizolarini mediatsiya va arbitraj yoʻli bilan hal etish mexanizmlarini takomillashtirish, ish tashlash huquqini mustahkamlash va uning oʻtkazish tartibini aniq belgilash xodimlarning mehnat huquqlarini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Senat Raisi ushbu qonun loyihasi mamlakatda munosib mehnatni tashkil etish va kasaba uyushmalarining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Shuningdek, kelgusidagi hamkorlikni samarali tashkil etish uchun beshta ustuvor yoʻnalish, kasaba uyushmalari institutsional rolini kuchaytirish, ijtimoiy muloqotni chuqurlashtirish, xalqaro tajriba almashish, tenglik va inklyuzivlikni taʼminlash hamda raqamlashtirish jarayonida mehnat munosabatlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring