Oʻzbekistonda xayriya mablagʻlari yigʻishning aniq tartibi belgilanmoqda
Illyustrativ foto
25-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekistonda homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Qonun loyihasiga koʻra, endilikda jismoniy shaxslar faqat oʻzi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yigʻishi mumkin boʻladi. Koʻngillilar esa oʻziga begona boʻlgan shaxslar manfaati uchun xayriya yigʻishda faqat eʼlon berish orqali koʻmaklashadi.
Xayriya qutisi faqat nodavlat tashkilotlar va boshqa homiylik qiluvchi yoki oluvchi yuridik shaxslar tomonidan oʻrnatilishi belgilangan.
Shuningdek, nodavlat tashkilotlar va boshqa homiylik qiluvchi yoki oluvchi yuridik shaxslar naqd pul shaklida xayriyani faqat xayriya qutisi orqali yigʻadi. Xayriya qutisi joylashtiriladigan manzil oldindan eʼlon qilinadi, uni ochishda guvohlar qatnashadi hamda bu jarayon videotasvirga olinib, jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Xayriyalarni yigʻish hamda xayriya qutilarini oʻrnatish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
“Qonun loyihasining qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzishning oldini olish, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash hamda ularga nisbatan fuqarolarning ishonchini ortishiga xizmat qiladi”, deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring