O‘zbekistonda haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Arxiv foto
O‘zbekistonda haj mavsumi 2023 yil 4 iyundan boshlanadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 2023 yil 4 iyundan 19 iyunga qadar O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga har kuni 4ta aviaqatnov amalga oshiriladi.
O‘tgan yillarda ziyoratchilarimiz Respublikamizning 7 ta hududiy aeroportlaridan kuzatilgan bo‘lsa, bu yil yanada qulaylik yaratish maqsadida, o‘lkamizning 10 ta hududiy aeroportlaridan – Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika Jamoatchilik kengashi “Haj – 2023” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan,ziyoratchilarni guruhlarga ajratish, ellikboshilar biriktirish, ularning malakasini oshirish, shifokorlash ajratish, oshpazlarni jalb etish ishlari yakuniga yetkazildi.
«Haj-2023» mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan va ayni paytda ular tomonidan barcha tashkiliy va amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Tajribali ulamolar tomonidan ellikboshilar bilan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tildi. Shu kunlarda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. Haj amalining fazilati, ruknlari, safarga tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi masalalar bayon etilmoqda. Shuningdek, haj ibodatining odoblari va tartib-qoidalari ham tushuntirilmoqda. Qolaversa, ziyoratchilarga haj risolasi ham taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring