Oʻzbekistonda harorat 25 daraja iliqqacha koʻtariladi

Oʻzbekiston hududi 15-mart kuni antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi. Kun davomida havo 3-8 daraja iliqqacha isiydi, bu mart oyining oʻrtasi uchun meʼyoriy qiymatlardan ancha sovuqdir.
Qayd etilishicha, antitsiklon periferiyasi mamlakat hududidan 16—17-mart kunlari sekin ortga chekinadi. Kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuni kunduzgi harorat 9-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Hududlarning koʻp qismida ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati, ayniqsa, kunduz kunlari keskin koʻtariladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25 daraja iliq, janubda 27 daraja iliqqacha boʻlgan qiymatlarga yetadi va meʼyordan 6-8 darajaga koʻp boʻladi.
15—19-mart kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring