Oʻzbekistonda hayvonlar uchun COVID-19 vaksinasi sinovdan oʻtkaziladi
Xabaringiz bor, Rossiya federatsiyasida hayvonlar uchun moʻljallangan COVID-19ga qarshi “Karnivak-Kov” vaksinasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
Ayni paytda olimlar mazkur emlama bilan emlangandan keyin hayvon tanasida kovidga qarshi immunitet qancha vaqt saqlanishini oʻrganmoqda. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, uning eng kam muddati olti oy. Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyi oxirlarida boshlanishi kutilmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mutaxassislari va qoʻmita huzuridagi Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat havfsizligi davlat ilmiy markazi olimlari rossiyalik hamkasblari bilan mazkur vaksinaning sinov jarayonlarini Oʻzbekistonda ham oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda.
Emlamaning birinchi bosqich sinov jarayonlari yuqori samara bersa, ikkinchi bosqich sinov jarayonlari mamlakatimizda ham oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring