Oʻzbekistonda goʻsht importi oshgan

16:36 09 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
603 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 27,6 ming tonna goʻsht import qilgan.

Goʻsht importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar:

— Belarus – 18,7 ming tonna

— Qozogʻiston – 4,2 ming tonna

— Ukraina – 2,6 ming tonna

— Rossiya – 629 tonna

— Moldova – 660 tonna

Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln. tonna goʻsht yetishtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?