O‘zbekistonda elektron vizalar joriy etiladi

Davlatimiz rahbarining 4 iyuldagi chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga binoan, joriy yilning 15 iyul kunidan boshlab “E-visa.uz” kirish vizalari(elektron vizalar)ni rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi hayotga tatbiq etiladi. Shu sanadan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoxud O‘zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas.

Mazkur viza 30 kun muddatga O‘zbyekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida foydalanish mumkin.
Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari, 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun 20 AQSH dollari miqdorida boj to‘lanadi.
O‘z navbatida yuqoridagi qarorda 15 iyuldan boshlab O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar orqali uchinchi tomonga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan 101 ta davlat fuqarolari besh kungacha O‘zbekistonda qolishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Quyida ana shu mamlakatlar nomi keltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring