Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshayotgani maʼlum qilindi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan. Doimiy aholi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 55,7 ming kishiga oshgan. 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.
Aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga toʻgʻri keladi. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, respublika aholisining oʻrtacha yoshi 28,5 yosh boʻlgan. Taqqoslash uchun, 2014-yilda aholi oʻrtacha yoshi 27,3 yosh edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring