Oʻzbekistonda bir oy ichida 96 milliard soʻmdan ortiq gaz va elektr oʻgʻirlandi
Foto: Oʻzenergoinspeksiya
2025-yil iyul oyida Oʻzbekistonda 279 ta noqonuniy energiya foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bir oy davomida:
— 12,6 mln kub metr tabiiy gaz noqonuniy sarflangan (zarari – 41,1 mlrd soʻm),
— 27,1 mln kVt·soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan (zarari – 54,9 mlrd soʻm).
Umumiy moddiy zarar 96 milliard 85 million soʻmni tashkil qilgan.
“Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jami 485 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Barcha qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan choralar koʻrilgan boʻlib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring