Oʻzbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,1 foizga oshdi

Arxiv foto
Oʻzbekistonda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 174,5 mingta avtomobil ishlab chiqarildi. Oʻtgan yilning shu davrida ushbu koʻrsatkich 123,7 ming dona edi. Oʻsish 41,1 foizni tashkil etdi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda.
Oʻz navbatida hisobot davrida yuk mashinalari ishlab chiqarish ham 7,2 foiz(3785 ta) oʻsgan.
Avtobus ishlab chiqarish esa, aksincha, tushishda davom etyapti. Oʻtgan 11 oyda 733 dona avtobus yetkazib berilgan boʻlsa, 2017 yilning shu davrida bu miqdor 915 tani tashkil etgandi.
Traktorlar ishlab chiqarish hajmi ham keskin oshgan — 760 tadan 2976 tagacha. Qariyb 4 barobar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring