Oʻzbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 555,8 mlrd soʻmga yetdi

20:13 21 May 2021 Iqtisodiyot
1178 0

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Aholining ichimlik suvi boʻyicha debitor qarzdorligi va tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish” mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston boʻyicha suvdan qarzdorlik 674,1 milliard soʻmga yetgani maʼlum qilindi.

Mavjud qarzdorlikning 555,8 milliard soʻmi aholi, 118,2 milliard soʻmi esa yuridik isteʼmolchilar hissasiga toʻgʻri keladi.

«Oʻzsuvtaʼminot» mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, 2021-yilning birinchi choragida elektron toʻlov tizimlari orqali 39,3 milliard soʻm kelib tushgan, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga (22,8 milliard soʻm) nisbatan 72 foizga oshgan.

Bugungi kunda 2444 nafar nazoratchi ishga qabul qilinib, ular 2 368 ta (97 foiz) terminal va 2 587 ta (106 foiz) termoprinter bilan taʼminlangan.

2021-yil birinchi choragida pul undiruvi 349 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122 milliard soʻm yoki 54 foizga oshgan. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 milliard soʻm qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.

Markazlashgan ichimlik suvi xizmatlari mavjud boʻlgan 741 ta MFYdagi shartnomasiz ravishda ichimlik suvdan foydalanib kelayotgan 23 343 ta isteʼmolchi (90 932 aholi) aniqlangan va ular bilan «Suvtaʼminot» MCHJlar shartnomalar rasmiylashtirishga hamda 7,826 milliard soʻm undirilishiga erishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер