Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish oʻtkaziladi
“Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–173-son, 19.09.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkaziladi.
Roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tuziladi.
Roʻyxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha boʻlgan davrda jalb etish orqali oʻtkaziladi.
Bunda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qoʻmitasi hamda masʼul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida roʻyxatdan oʻtishini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, tuman (shahar)larda roʻyxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring