Oʻzbekistonda 9 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan

10:00 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
1564 0

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar–sentabr oylarida 815,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

  • avtomobil benzini — 815,2 ming tonna;
  • koʻmir — 3644,2 ming tonna;
  • neft — 518,8 ming tonna;
  • yengil avtomobil — 150 183 dona;
  • avtobus — 696 dona;
  • yuk mashinasi — 2919 dona;
  • traktor — 173 dona;
  • avtomobil dvigateli — 99,5 ming dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?