Oʻzbekistonda 82 turdagi yarim tayyor va tayyor xomashyolar uchun import boji bekor qilindi

10:41 23 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1508 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan Oʻzbekistonda 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Hujjat bilan 2024-yil 1- yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatga quyidagi mahsulotlar kiritilgan:

– kastor yogʻi va uning fraksiyalari;
– asbest;
– natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
– karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
– oʻsimlik yoki chorvadan olinadigan boʻyovchi moddalar;
– keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun moʻljallangan – shishasimon emallar va glazurlar va shunga oʻxshash preparatlar;
– toʻqimachilik boʻyogʻi;
– sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish – vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun –– mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari;
– moylash materiallari hamda toʻqimachilik matolari, charm, moʻyna yoki boshqa materiallarga yogʻ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
– sunʼiy mum;
– tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
– fermentlar, fermentli preparatlar;
– toʻqimachilik tarmogʻida qoʻllaniladigan pardozlash vositalari, boʻyashni tezlashtirish yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
– sunʼiy moʻyna;
– yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materialla;
– filtr qogʻoz va karton;
– apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
– zigʻirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar;
– kompleks sintetik va sunʼiy iplardan toʻqilgan gazlamalar;
– kimyoviy iplardan va boshqa toʻqimachilik materiallaridan toʻqilgan toʻrlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?