Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
Prezident “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi [07.03.2025].
Qonunga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshira olmaydi.
Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi, shuningdek mazkur talablar buzilgan hollarda, isteʼmolchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi.
Elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklovi chiqindi qarzdorligi toʻlangandan soʻng avtomatik ravishda bekor qilinadi. Qarzdorlikni qoplash uchun 5 kun vaqt beriladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2025-yilning 21-fevralida maʼqullangan. Hujjat joriy yilning 8-iyun kuni kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring