Oʻzbekistonda 4 balli zilzila sodir boʻldi

15:44 09 Iyul 2025 Jamiyat
325 0

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyatida 3,5 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 15:32 da Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 4 balli yer qimirlashi qayd etilgan.

Zilzila magnitudasi 3,5 ga teng, silkinish 10 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 422 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Nishon tumanida 2-3 ball, 22 km.
  • Gʻuzor tumanida 2 ball, 29 km.
  • Qarshi shahrida 2 ball, 37 km.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?