Oʻzbekistonda 2026-yil yanvarida qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi
“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 2026-yil yanvarida qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qildi.
Unga koʻra, 1-2-yanvarda Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 3-yanvarda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda 4-yanvar kuni kechasi va ertalab yogʻingarchilik boʻlishi saqlanib turadi. Keyinchalik birinchi oʻn kunlik oxirigacha respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kuzatilishi ehtimoli kam.
Havo harorati asosan kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda 5 daraja sovuqqacha boʻladi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Ikkinchi oʻn kunlikda harorat kechalari 1-6 daraja iliqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. Respublika shimolida harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha oʻzgarib turadi.
Uchinchi oʻn kunlikda sovuq toʻlqinlar kirib kelishi hisobiga harorat kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha; respublika shimolida kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 22-25 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring