Oʻzbekiston—Belarus parlamentlarining oʻzaro hamkorligi muhokama qilindi

Bugun, 27-avgust kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki mamlakat prezidentlarining oʻzaro munosabatlari tufayli Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanganligi alohida qayd etildi.
Muhokama chogʻida Oʻzbekiston va Belarus faol siyosiy muloqotni davom ettirayotganiga, xalqaro platformalarda konstruktiv hamkorlik qilib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, ikki davlat parlament vakillari MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo Ittifoq kabi xalqaro parlament tashkilotlari doirasida faol hamkorlik qilayotganligiga urgʻu berildi.
Shuningdek, ikki davlat doʻstlik guruhlari faoliyatiga ham eʼtibor qaratilib, bu boradagi faoliyat koʻrib chiqilgani va Komissiya nomi Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha Senat parlamentlararo komissiyasi deb qayta nomlangani maʼlum qilindi.
Endilikda mazkur Komissiya yuqori darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini diqqat bilan kuzatib borishga, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga amaliy yordam berishi hamda uning ishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ham faol ishtirok etishi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda qonun ijodkorligi, gender va yoshlar siyosati, taʼlim, tibbiyot sohalarida oʻzaro tajriba almashish, hududlar oʻrtasidagi munosabatlarni kengaytirish, hududlarni raqamli rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Oʻzbekiston—Belarus ayollari biznes-forumi mohiyatiga ham toʻxtalib oʻtdi.
Mazkur biznes-forumning ikkinchi marta oʻtkazilishi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha yangi takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilishi aytib oʻtildi.
Shundan soʻng ikki davlat parlamentlari palatalari rahbarlari delegatsiya vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi oʻrtasida 2024–2025-yillarga moʻljallangan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)ni imzoladi.
Anʼanaga muvofiq Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring