Oʻzbekiston jahonda birinchi boʻlib Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqini qoʻlga kiritdi

00:35 23 Noyabr 2021 Jamiyat
2248 0

Oʻzbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan sxemasiga qoʻshilgan birinchi davlat boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Buyuk Britaniyaga import qilinayotganda 7800 dan ortiq turdagi tovarlarga davlat boji bekor qilingan.

Buning natijasida Oʻzbekiston jahonda beshinchi oʻrinda turgan yirik iqtisodiyotga va dunyodagi eng xalqaro isteʼmol bozoriga chiqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu, oʻz navbatida, Buyuk Britaniya uchun mintaqadagi jadal rivojlanayotgan davlat bilan “savdo koʻprigi” yaratadi, shuningdek, Oʻzbekistonning toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga kirishni osonlashtiradi.

Oʻzbekiston 2021-yil 1-noyabrda Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimiga rasman qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?