Oʻzbekiston vakili Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi Ijroiya kengashiga saylandi

Joriy yilning 9-fevral kuni 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini (TIR) qoʻllagan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi Ijroiya kengashiga saylov boʻlib oʻtdi.
77 davlat mazkur konvensiyaning ishtirokchilari boʻlib, BMTning Jenevada joylashgan Yevropa iqtisodiy komissiyasi mazkur xalqaro tuzilmaning kotibiyati hisoblanadi. Saylovda 58 aʼzo-davlat qatnashdi va Ijroiya kengashning 9 yangi aʼzosi uchun ovoz berildi.
Mamlakatimizning Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston tomonidan Ijroiya kengash aʼzoligiga Davlat bojxona qoʻmitasi vakili Elyor Hakimov nomzodi tavsiya qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra, u BMTning transport va bojxona boshqaruvi sohasidagi ushbu nufuzli organiga 2023-2024-yillarga boʻlgan muddatga saylandi. Shu bilan birga, Elyor Hakimov Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasining Maʼmuriy qoʻmitasi raisligiga ham bir ovozdan tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring