O‘zbekiston va Janubiy Koreya parlamentlari hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yadi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat parlamentlarining aloqalari hozirda yangi bosqichga ko‘tarilganini, yaqin do‘stlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, anʼana va qadriyatlari o‘xshashligiga asoslangan aloqalar strategik sheriklik munosabatlari darajasida rivojlanib borayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotganiga, mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida qariyb mingta korxona faoliyat yuritayotganiga eʼtibor qaratilib, bu boradagi ko‘rsatkichlarni oshirish maqsadida qo‘shma loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Koreya tajribasi asosida “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magi bilan O‘zbekistonda “Elektron parlament” tizimini joriy qilish grant loyihasining amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Yaqinda saylangan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi qo‘mitalari bilan Oliy Majlis Senati qo‘mitalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.
Janubiy Koreyaning boy tajribasini inobatga olgan holda ayollar bandligini taʼminlash, birinchi navbatda, ularni tadbirkorlikka jalb etish, biznesni boshqarish salohiyatini oshirish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirish lozimligi taʼkidlandi.
Parlament darajasida Koreyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun qulay sharoitlar yaratish masalasida ham fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida taʼlim, sog‘liqni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring