O‘zbekiston va Turkiya: parlamentlararo aloqalar izchilligi va bardavomligi taʼminlanadi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiya Respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar komissiyasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv kun tartibidan avvalo parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, agrar, transport, energetika va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining surʼati ikki mamlakat yetakchilarining rasmiy tashriflari va muntazam muloqotlari natijasida yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani, bunda O‘zbekiston – Turkiya strategik sheriklik kengashining o‘rni alohida ekani qayd etildi.
Ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo hamkorlikning ahamiyati ortib borayotgani, keyingi yillarda muntazam muloqotlar va tashriflar faollashgani o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Oliy Majlisning Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, parlamentlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda muloqotlarni davom ettirish har ikkala mamlakat uchun manfaatli ekaniga urg‘u berildi.
Jumladan, Fuat Oktay “O‘zbekiston o‘lkasi barchamiz uchun yagona turkiy sivilizatsiyaning bosh bulog‘i bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda eng muhim tashabbuslari bilan markaziy strategik rol o‘ynayotgan davlat, deb bilamiz. Davlatlarimiz o‘rtasidagi turli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga oid parlamentlararo hamkorlik qanchalik zich va faol bo‘lsa, ikki tomonlama keng qamrovli muloqotimiz natijalari shunchalik samarali va bardavom bo‘ladi. Shu maʼnoda biz qardosh O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli aʼzosi sifatida ko‘rishga katta umid bog‘laymiz”, deb taʼkidladi.
Uchrashuvda shuningdek, mamlakatlarimiz hamkorligiga oid istiqboldagi reja hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring