Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi navigatsiya yoʻlagini joriy etdi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻzaro hamkorlikda yangi navigatsiya yoʻlagini joriy etdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 11-iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi boʻlimlari rasmiy eʼlon qilindi va havo kemalari parvozi uchun foydalanishga topshirildi. Shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yoʻnalishning birinchi foydalanuvchisi boʻldi.
Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yoʻnalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayonilgʻi tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
“Aviakompaniyalarning eng samarali va qisqa yoʻnalishlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK va “Qozaeronavigatsiya” markazi DUK mutaxassislarining qoʻshni havo hududlari konstruksiyalari elementlarini optimallashtirish, shuningdek, havo harakatiga xizmat koʻrsatish dispetcherlarining ish hajmini kamaytirish masalalari boʻyicha oʻzaro faol hamkorligida havo yoʻnalishlarining yangi uchastkalarini joriy etish boshlandi”, deyiladi xabarda.
Prognozlarga koʻra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya yangi optimallashtirilgan yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring