Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlararo qoʻshma komissiyasining yigirmanchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 5-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning yigirmanchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida oʻtgan majlisda ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida faol rivojlanayotgani taʼkidlandi.
Bunda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Joʻmart Toqayevning birgalikdagi saʼy-harakatlari muhim omil boʻlayotgani taʼkidlandi.
Maʼlum qilinishicha, oʻzaro savdo jadal rivojlanmoqda. Oxirgi besh yilda tovar ayirboshlash ikki baravardan oshdi. Oʻtgan yili uning hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil qilgan.
Mamlakatlarimiz rahbarlari hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoʻygan.
Mazkur yoʻnalishda tuzilgan ishchi guruhlar ayni paytda faol ish olib bormoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Qozogʻiston kapitali ishtirokida 1200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishi, shubhasiz, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdir.
Davlatlarimiz rahbarlarining oʻtgan yil dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralari yakunlari boʻyicha qabul qilingan “Yoʻl xaritasi” barcha ustuvor yoʻnalishlarni, jumladan, qiymati 10 milliard dollarlik aniq loyihalarni oʻz ichiga qamrab olgan.
Issiqlik elektr stansiyalarini qurish, fosforli va mineral oʻgʻitlar, maishiy texnika, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, toʻqimachilik klasterlarini yaratish, avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa koʻplab loyihalar shular jumlasidandir.
Yigʻilishda mazkur vazifalar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirishga, yangi ish oʻrinlari yaratishga hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilishda savdo-sotiq, investitsiya, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Majlis yakunlari boʻyicha qator hujjatlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring