Oʻzbekiston va Misr birgalikda gepatit C ga qarshi dori ishlab chiqaradi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekiston va Misr gepatit C ga qarshi birgalikda dori ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda Misrning “ACDIMA” va “Dentafill PlusDentafill Plus” kompaniyalari vakillari oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdigan. Muzokaralarda Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy dori vositalari ishlab chiqarish texnologiyalarini transfer qilish va mahalliylashtirish masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, tomonlar hamkorlikning birinchi bosqichi sifatida Oʻzbekiston bozori uchun gepatit C virusiga qarshi “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” preparatlarini ishlab chiqarishni boshlashga kelishib olgan. Loyiha doirasida ishlab chiqarish texnologiyalarini bosqichma-bosqich Oʻzbekistonga oʻtkazish, misrlik mutaxassislarni jalb etish, mahalliy kadrlarni tayyorlash va ishlab chiqarish quvvatlarini moslashtirish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, uchrashuvda mingdan ortiq turdagi dori vositalarini mahalliylashtirish imkoniyati va Oʻzbekistonda insulin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istiqbollari koʻrib chiqilgan. Taʼkidlanishicha, ushbu hamkorlik milliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, importga qaramlikni kamaytirish va ikki mamlakat oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Bu kabi loyihalar aholini sifatli va hamyonbop dori vositalari bilan taʼminlash hamda Oʻzbekistonning mintaqaviy farmatsevtika xabiga aylanishi yoʻlidagi muhim qadamdir”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring