Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning birinchi yigʻilishi onlayn formatda oʻtkazildi.
Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar mustahkamlanib borayotganligi taʼkidlanib, ular mustahkam tarixiy asoslarga ega ekanligi hamda oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida rivojlanib borayotganligi qayd etildi.
Tadbirda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya, eksport, turizm, madaniyat, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, migratsiya, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohalaridagi munosabatlarni kengaytirish muhokama qilindi.
Parlament aʼzolari Oʻzbekiston bilan Latviya oʻrtasidagi munosabatlarni, shu jumladan savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yana-da rivojlantirishga eʼtibor qaratdi.
Koʻpqirrali hamkorlikni, xususan qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi aloqalar, iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, birodarlik aloqalarini oʻrnatishda parlamentlar ishtirokini kengaytirish lozimligi qayd etildi.
Yigʻilish yakunida qoʻshma tashabbuslarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring